Yangiliklar

Image

Azizbek va Sunnatbek kikboksing boʻyicha ochiq turnir gʻolibi

Joriy yilning 8-10-mart kunlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida sportning K1 kikboksing turi boʻyicha Qashqadaryo viloyati ochiq turniri oʻtkazildi.

Unda Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridan yuz ellik nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqada 4 nafar kikbokschilar viloyatimiz sharafini himoya qildilar. Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvlarda 3 nafar sportchimiz oʻzlarining vazn toifalari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Quvonarlisi ushbu musobaqada qatnashgan Transport va logistika fakultetining Yoʻl harakatini tashkil etish yoʻnalishi talabasi Sunnatbek Yoʻldoshev 51 kilogramm va Avtomobilsozlik fakulteti talabasi Azizbek Roʻzmetov 63.5 kilogramm vazn toifasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Gʻoliblarni bugun institut rektori qabul qilib, yana bir bor gʻalaba bilan tabrikladi hamda oʻzining minnatdorligini bildirdi.

Qidirish