Yangiliklar

Image

Iqtisodchi talabalar gʻoliblik shohsupasidagi barcha oʻrinlarni zabt etdi

Andijon mashinasozlik institutida “Talaba” sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamkorligida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan shaxmat boʻyicha institut birinchiligi oʻtkazildi.


Prezidentimizning 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan musobaqada 25 nafar yigit-qizlar ishtirok etdi.

Murosasiz va keskin bahslar yakuniga koʻra, gʻoliblik shohsupasidagi barcha oʻrinlarni Iqtisodiyot fakulteti talabalari zabt etdi. Jumladan, Menejment yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Javohir Abduvahhobov birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Buxgalteriya yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Oltinoy Rahmatova hamda Iqtisodiyot yoʻnalishi talabasi Javohir Erkinovlar egalladi.


Gʻoliblar bayram arafasida taqdirlanadi.

Qidirish