Yangiliklar

Image

Onam mehri ila goʻzaldir olam!

Hammamiz uchun aziz va moʻtabar boʻlgan ayol zoti haqida soʻz yuritganda, avvalo, bizni dunyoga keltirgan, oq sut va mehr berib ulgʻaytirgan Ona siymosi oldida bosh egib taʼzim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan soʻzga eng munosib zot bu – Ona. Onalarni eʼzozlash, ularga ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos oliyjanob qadriyatdir.


Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida “Onam mehri ila goʻzaldir olam!” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.


8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tashkil etilgan tadbirga fakultetning iqtidorli, tashabbuskor va faol talabalarining onalari taklif etildi.

Tadbirda dunyo beshigini tebratuvchi, muqaddas onajonlarimizga boʻlgan mehr-muhabbatimizni, hurmatimizni namoyon etish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ota-onaga hurmat, farzandlik burchlarini anglatib, onajonlarini eʼzozlab, ehtiyotlab hurmat va ehtiromlarini toʻliq ado etish lozimligi taʼkidlandi.


Shundan soʻng iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilar oʻz volidalari timsolida jamiki muqaddas inson-onalarni madh etuvchi kuy-qoʻshiq va sheʼrlarni ijro etib, barchaning xursandchiligiga sababchi boʻlishdi.


Shu kuni barcha onalarga izzat ikrom koʻrsatildi. Namunali xulqli farzandlarini tarbiyalaganliklari uchun ularga tashakkurnomalar eʼlon qilindi. Anvoyi gullar jamlangan guldastalar taqdim etildi.

Qidirish