Yangiliklar

Image

Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!

Har yili xalqimiz azaliy va ezgu qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanishni toʻla namoyon qilib kelayotgan Navroʻzi olamni oʻzgacha shukuh bilan qarshi oladi.


Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” nomli bayram sayli tashkil etildi.

Sayl shoʻx-shodon kuy qoʻshiqlar sadosi bilan boshlandi. Institut hovlisi va bayram sahnasi rang-barang gullar va sharlar bilan bezatilgan.

Mazkur tantanali bayramni institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev ochib berib, barchani kirib kelayotgan Navroʻzi olam bilan qutladi, oʻzining ezgu tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, saylda ishtirok etgan faxriy ustozlar, professor-oʻqituvchilar mustaqil diyorimizning tinchligi, osoyishtaligi eng katta boylik ekanini taʼkidladilar.

Tadbir davomida fakultetning barcha guruhlari tomonidan milliy anʼana va qadriyatlarga oid koʻrgazma tashkil etildi. Bayram dasturxoni bezatilib, bahoriy taomlar, pishiriq va shirinliklar tortiq qilindi.

Oʻziga xos ijodiy musobaqa tarzida tashkil etilgan tadbirda guruhlarning milliy anʼanalarimizga munosabati hakamlar hayʼati tomonidan baholandi. Bayramona dasturxon eng koʻp ovoz toʻplagan guruhlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Fakultet badiiy jamoasi tomonidan xalq qoʻshiqlari, oʻlan-u laparlar, milliy kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Bayram saylida doshqozonlarda osh damlanib, sumalak sayliga ulanib ketdi.

Qidirish