Yangiliklar

Image

“Besh tashabbus” olimpiadasiga start berildi

“Besh tashabbus” olimpiadasining 2024-yilgi mavsumining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.

Unda respublikamizning 14 ta hududi va 208 ta tuman (shahar)lari ham bir vaqtda onlayn ulandi. Tadbir doirasida olimpiadaga start berildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar “Besh tashabbus” olimpiadasi yoshlarning isteʼdodlarini namoyon etishida katta maydon sifatida muhim rol oʻynayotganini taʼkidladilar.

Joriy yil “Besh tashabbus olimpiadasi” mahalla yoshlari oʻrtasida (26 ta loyiha) mart-dekabr oylarida, maktab oʻquvchilari oʻrtasida (8 ta loyiha) sentyabr-noyabr oylarida, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida (5 ta loyiha) sentyabr-dekabr oylarida, oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida (5 ta loyiha) sentyabr-noyabr oylarida hamda ilk marotaba vazirlik, idora va tashkilot xodimlari oʻrtasida (6 ta loyiha) noyabr-dekabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Tadbirning badiiy qismi ishtirokchilarga yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Ochilish marosimida Andijon mashinasozlik instituti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi.

Qidirish