Yangiliklar

Image

“Zakovat quiz” — zukkolik, tezkorlik, yuqori bilim va salohiyat talab etuvchi maydon

Andijon mashinasozlik institutida haftaning har seshanba kuni “Oliy liga” loyihasi doirasida “Zakovat quiz” turniri oʻtkazib kelinmoqda.

Rektor tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi orasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish, gender tengligini taʼminlash, yurtimizda xotin-qizlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ayollarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda ularning intellektual qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan turnirda har biri sakkiz kishidan iborat oʻttizdan ortiq jamoa ishtirok etmoqda.

Oʻn besh oʻyindan iborat turnirda ishtirokchilariga adabiyot, mantiq, tarix, psixologiya fani yoʻnalishlari boʻyicha savollar berilmoqda. Zukkolik, tezkorlik, yuqori bilim va salohiyat talab etgan intellektual turnir murosasiz bahslarga boy kechmoqda.

Maʼlumot uchun, “Zakovat quiz” turniri gʻoliblari barcha oʻyinlar yakuni boʻyicha aniqlanadi. Gʻoliblar uchun ajratilgan umumiy sovrin jamgʻarmasi 25 million soʻmni tashkil etadi. Turnirda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritganlar bazaviy stipendiya miqdorining uch barobari, ikkinchi oʻrinni egallaganlar ikki barobar, uchinchi oʻringa munosib deb topilganlar bir barobar miqdorida taqdirlanadi.

Qidirish