Andijon mashinasozlik instituti 1-son talabalar turar joyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbir avvalida institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Akmaljon Ermatov, xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Muhtaramxon Haliqova va Yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Ilhomjon Qobulovlar soʻzga chiqib, barcha qizlarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda xotin-qizlarga yaratilgan qulaylik va imtiyozlar qayd etildi. Jumladan, oliy hamda oʻrta maxsus va professional taʼlimda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7-yilga 14 foizlik taʼlim kreditlari ajratilayotgani taʼkidlandi.
Shundan soʻng qizlarga talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yigitlarning esdalik sovgʻalari topshirildi.