Yangiliklar

Image

Institutimiz jamoasi “Talabalar ligasi”da uchinchi oʻrinni egalladi

Andijon viloyat bolalar va oʻsmirlar futbol maktabida sportning futbol turi boʻyicha “Talabalar ligasi” musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari va Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida oʻtkazilayotgan musobaqaning hududiy bosqichida viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasalarining jamoalari ishtirok etdi.

Bir hafta davom etgan musobaqa jarayonlari qizgʻin va murosasiz kechdi.

Unda Andijon mashinasozlik instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Biroq yarim final bahslarida jamoa Andijon davlat pedagogik instituti jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda gʻalabani boy berdi. Shunday boʻlsa-da uchinchi oʻrin uchun oʻtkazilgan bahsda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasini 3-1 hisobida magʻlub etib, sovrindorlar qatoridan oʻrin egalladi.

Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Qidirish