Yangiliklar

Image

Nafosat sohibalariga ehtirom koʻrsatildi

Andijon mashinasozlik institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol borki, olam munavvar!» nomli madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unga institutda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar, texnik xodimalar hamda faxriylar taklif etildi.

Tadbir avvalida institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev soʻzga chiqib, muassasada faoliyat yuritayotgan barcha munis ayollarni, latofatli qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Ularga barcha ezgu-niyatlariga erishishni, oilaviy baxt va salomatlik, hayot yoʻllari yutuq va zafarlarga toʻla boʻlishini tiladi.

Tadbirda xalqimizda oila, jamiyat ustuni boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgani alohida taʼkidlandi. Yurtimiz turmush tarzining osudaligi, totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati, oʻtkir zehni mujassam ekanligi alohida eʼtirof etildi.

Shundan soʻng bayram munosabati bilan uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh professor-oʻqituvchilar va xodimlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda institut rektorining Faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 ✨Tadbir ishtiroklarini maʼnaviy hordiq chiqarishlari uchun konsert dasturi namoyishi boʻldi. Unda Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artist Tursunboy Parpiyev hamda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi viloyat boʻlinmasi sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan Onani, Vatanni, ayolni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Qidirish