Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muhtarama ayollari hamda goʻzal qizlari!
Barchangizga nafis, bahor, muhabbat, goʻzallik, latofat va mehr ramzi boʻlgan 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami muborak boʻlsin!
Yurtimiz turmush tarzining osudaligi, baxt-saodati va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida siz ayollarning aql-zakovati, oʻtkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan taʼkidlab oʻtishimiz joiz.
Demak, siz hamisha el-yurt ardogʻidasiz. Sizning salomatligingiz, baxtingiz, shaʼn va huquqingiz biz uchun koʻz qorachigʻidek azizdir.
Aziz va muhtaram opa-singillar!
Barchangizni yurtimizda keng miqyosda nishonlanib kelinayotgan 8–mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizda toʻkin-sochinlik, baxt-saodat, shod-u- xurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilayman.
Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi sizlarga hamisha hamroh boʻlsin!
Hurmat bilan,
Andijon mashinasozlik instituti rektori
Umid Turdialiyev