Yangiliklar

Image

Malakali kadrlar tayyorlash – zamon talabi

Hozirgi globallashuv va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuksak salohiyatli, bilimli, masʼuliyatli, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish har qachongidan dolzarb masalaga aylangan. Boisi, har qanday davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yuksak malakali kadrlar muhim oʻrin tutadi.

Bu borada Andijon mashinasozlik instituti yuqori malakali kadrlar tayyorlashni samarali boshqarish va davr talablariga muvofiq raqobatbardosh kadrlarni yetishtirish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilda institutning Transport va logistika fakultetini beshta yoʻnalish boʻyicha jami 204 nafar talaba tamomlaydi. Ularni ish bilan taʼminlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri boʻlib turibdi.

Shu munosabat bilan Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev mazkur bitiruvchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda kadrlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, yosh mutaxassislarga qoʻyiladigan talablar, ularga yaratiladigan shart-sharoit va imkoniyatlar xususida atroflicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, taʼlimning keyingi bosqichlarni davom ettirish niyatida boʻlganlarga, magistratura, doktorantura bosqichlariga qabul jarayonlari, xususan xorijiy tillarni oʻrganish zaruriyatga aylanayotganligi haqida fikr yuritildi.

Muloqot davomida bitiruvchilarni ishga joylashish boʻyicha tavsiyalar berilib, savollarga atroflicha javob olindi.

Uchrashuv talaba yoshlarga katta motivatsiya berdi, yangi gʻoyalar va tashabbuslarni ilgari suruvchi muloqot maydoni boʻldi.

Qidirish