Yangiliklar

Image

Ayol professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-qizlar bayramona kutib olindi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni. Ushbu sana munosabati bilan barcha joylarda turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Jumladan, Andijon mashinasozlik institutida ham bayram tantanalari koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.

Erta tongda barcha fakultetlar binolari oldi bayramona bezatilgan boʻlib, ishga va oʻqishga kelayotgan ayol-qizlarimizni faol talaba-yigitlar ehtirom bilan kutib oldilar. Tabriknoma va esdalik sovgʻalari ulashildi.

Yigitlar barcha ayol-qizlarini yaqinlashib kelayotgan goʻzallik bayrami munosabati bilan qutlab, ularga sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilaviy farovonlik, barcha ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar. Ularning jamiyatdagi oʻrni yuksalib borayotganini eʼtirof etishdi.

Bunday eʼtibordan mamnun boʻlgan professor-oʻqituvchilar, xodimalar hamda talaba-qizlar yaxshi kayfiyat va yoqimli tabassum bilan kunni boshladilar.

💐Qadrli ayol-qizlarimizga yaxshi kayfiyat nafaqat bahor faslida balki, yil davomida hamroh boʻlishini tilab qolamiz.

Qidirish