Yangiliklar

Image

Talabalar “Uz-Saemyung Co.” qoʻshma korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi

Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya boʻlajak mutaxassislarni tayyorlashning hal qiluvchi bosqichlaridan biri hisoblanadi. Boisi talabalar korxona ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishi davomida oliy taʼlim muassasasida olgan nazariy bilimlarini amaliy jarayonlarini koʻrish orqali yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar.


Bunday tadbirlar talabalarni oʻz taʼlim yoʻnalishlarini mohiyatini, nima maqsadda tahsil olayotganliklari, qayerda va qanday lavozimlarda ishlashi mumkinligini anglab yetadi.

Kuni kecha Andijon mashinasozlik institutining Mashinasozlik texnologiyasi hamda Elektrotexnika fakultetlari talabalari ishtirokida Andijon shahridagi “Uz-Saemyung Co.” qoʻshma korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.


Talabalarning nazariy hamda amaliy bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan ekskursiya davomida ishtirokchilar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni va boshqaruv tuzilmasi, texnologik qurilmalari bilan yaqindan tanishdilar.

“Bugun ekskursiya davomida juda koʻp maʼlumotlarga ega boʻldik. Bundan tashqari ustozlardan olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotchilar orqali mustahkamlab oldik”,- deydi institutda Qoraqalpogʻistondan kelib tahsil olayotgan Navroʻzbek Yoʻldashev.

Tanishuv davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar batafsil javob oldilar.

Qidirish