Yangiliklar

Image

Rektor bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashdi

Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti bitiruvchi talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuvda oʻz sohasini puxta egallagan malakali mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchi talabalarning bandligini taʼminlash masalalari, bu boradagi yutuq va mavjud muammolar muhokama qilindi. 

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, yosh mutaxassislarning samarali faoliyat olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani, bu borada institutda ham muayyan ishlar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi. 

Uchrashuvda rektor bitiruvchilarni ishga joylashtirish, kelgusida ular oʻz mutaxassisligi boʻyicha malakali kadr boʻlib yetishishi muhim ekanligini alohida taʼkidladi. 

Muloqot davomida yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik koʻrish va ishga joylashtirish jarayonlarida duch keladigan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, attestatsiya jarayonlarini shaffoflik va adolatli oʻtkazish masalalari boʻyicha ham suhbatlashilib talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Rektor bitiruvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytardi. 

Qidirish