Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan qoraqalpogʻistonlik yoshlar bilan uchrashuvida qardosh yoshlar tomonidan andijonliklar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasiga sayohat tashkil etish taklifi ilgari surilgan edi.
Ushbu taklifga asosan kuni kecha viloyatdagi yettita oliy taʼlim muassasasining 50 nafardan ortiq talabalari “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida sayohatga joʻnat ketdilar.
Sayohatchilar bir hafta davomida Qoraqalpogʻistonning tarixiy obidalari, ziyoratgohlari va dam olish maskanlari joylashgan hududlarda boʻlishib, mavjud madaniy-maʼnaviy meros bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, Moʻynoq tumanidagi turizm obyekti “Kemalar qabristoni” turizm majmuasida ham boʻlishadi.