“Sogʻlom tanda-sogʻlom aql!” shiori ostida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa
Andijon mashinasozlik institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Sogʻlom tanda-sogʻlom aql!” shiori ostida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Unda muassasada faoliyati olib borayotgan professor-oʻqituvchi xotin-qizlar hamda talaba-qizlardan tashkil etilgan oltita jamoa ishtirok etdi.
Musobaqa gʻoyat koʻtarinki ruhda oʻtib, unda har bir jamoa aʼzolari birdamlik bilan gʻalaba uchun bellashdilar.
–Xotin-qizlarni sportga keng jalb etishda oʻtkazilayotgan bu kabi musobaqalarning oʻrni benihoya katta boʻlmoqda, – deydi institut rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muhtaramxon Haliqova. – Chunki tashkil etilayotgan har bir sport tadbirida jismoniy madaniyatni hamda sport bilan shugʻullanishni xotin-qizlarning kundalik hayot tarziga aylantirish gʻoyasini singdirishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Bu esa xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash bilan birga, oilalarda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda muhim omil boʻlmoqda.
Qizgʻin murosasiz kechgan bahslarda Avtomobilsozlik fakulteti jamoasi 2-0 hisobida Elektrotexnika fakulteti jamoasini magʻlub etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti jamoasi esa 3-oʻringa munosib deb topildi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlarga partiyaning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Gʻoliblar bayram arafasida oʻtkaziladigan tantanali marosimda taqdirlanadilar