Yangiliklar

Image

Balli qizlar – “Maʼsuma qizlar”

Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida “Zulfiyaxonim” zukko qizlari” shiori ostida balli qizlar koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Zulfiya tavalludining 109-yilligi hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tanlovda har biri sakkiz nafar qizlardan iborat bbeshta jamoa ishtirok etdi.

Tanlov davomida jamoalar tanishtiruv, Zulfiyaxonim ijodiga nazar, milliy urf-odatlar, “Buvijonim allasi” va erkin mavzu shartlari boʻyicha oʻzlarining isteʼdodlari, bilim va mahoratlarini namoyon qilishdi. Ularni hakamlar hayʼati baholab berdi.

Yakuni natijaga koʻra, 2-bosqich axborot texnologiyalar yoʻnalishining “Maʼsuma qizlar” jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Birinchi bosqich sunʼiy intellekt yoʻnalishining “Bahor gullari” hamda birinchi bosqich axborot texnologiyalar yoʻnalishining “Zulfiyaxonim izdoshlari” jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallashdi.

Gʻolib jamoalar rahbariyatning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Qidirish