Andijon mashinasozlik institutida Iqtidorli yoshlarni kashf etish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida Fizika, Kimyo va Oliy matematika fanlari boʻyicha fan olimpiadalarini oʻtkazish belgilangan.
Jumladan, joriy yilning 5-6-mart kuni Fizika fani boʻyicha;
13-14-mart kunlari Kimyo fani boʻyicha,
26-27-mart kunlari Oliy matematika fani boʻyicha oʻtkaziladi.
Ushbu fan olimpiadalarida barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin. Eng yuqori ball toʻplab birinchi oʻrinni egallaganlarga bazaviy stipendiya miqdorining 1.5 barobari, ikkinchi oʻrin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 1.2 barobari, uchinchi oʻrin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 1 barobari miqdorida ragʻbatlantiriladi.
Barchangizni ushbu olimpiadalarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Batafsil maʼlumotni Fizika fani boʻyicha Elektrotexnika, Elektromexanika va Elektrotexnologiyalar, Kimyo fani boʻyicha Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyalari hamda Oliy matematika fani boʻyicha Avtomobilsozlik kafedrasidan olishingiz mumkin.