Yangiliklar

Image

O‘shda OTMlarga oid xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh texnologiyalar universitetida “Oliy taʼlim muassasalarining oʻsishi va rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida xalqaro davra suhbati oʻtkazildi.

Unda Qirgʻizistondagi va Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari hamda Xitoyning Ouyu Huatong Beijing Trading Co., Ltd., Xinggong Constraction Co., Ltd. kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida akademik mobillikni amalga oshirish, doktorantura (PhD/profil), magistratura va bakalavriat yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim resurslarini xorijga eksport qilish, oliy taʼlim muassasalarining oʻsishi va rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochishdan iborat va xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat boʻldi.

Ushbu davra suhbatida Andijon mashinasozlik institutining Milliy va xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Malika Yusupova, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Fotima Karimova va mutaxassisi Aslan Utanovlar ham qatnashdi.

Qidirish