Andijon mashinasozlik instituti kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni institut rektori ochib, anʼanaga muvofiq erishilgan yutuqlar eʼtirofidan boshladi.
Yigʻilishda 2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim Davlat dasturining ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar, iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimining 2023-yil uchun yillik hisoboti, moliyaviy-xoʻjalik faoliyati rejasi, Prezidentimiz rahbarligida 2023-yil 20-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda sohani raqamlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, Transport va logistika fakulteti va uning tasarrufidagi kafedralarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi boʻyicha olib borilgan ishlar toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Doktorant, tayanch doktorant, stajyor tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning nazariy metodologiyasini va yakka tartibdagi rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Shuningdek, xorijiy tildan belgilangan darajada til sertifikatini olmagan doktorantlarga qoʻshimcha muddat berish, Xitoyning Shimoliy Xitoy Texnologiyalar Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan almashinuv dasturi gʻoliblarini oʻqish uchun yuborish masalalari ham kun tartibida boʻldi.
Bundan tashqari yigʻilish davomida professor-oʻqituvchilarning monografiyasini nashr etishga tavsiya etish, Andijon mashinasozlik institutiga yangi qabul qilingan tadqiqotchilarning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya mavzularini tasdiqlash, Professor-oʻqituvchilar tomonidan tayyorlangan oʻquv adabiyotlarga nashr ruxsatnomalarini (Grif) berish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Ilmiy kengash koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.