Andijon mashinasozlik institutida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi.
Unda institut rektori Umid Turdialiyev, Intellektual mulk markazi direktori Bahodir Saʼdullayev, viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Muhammadbobur Karimov hamda institut professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va soha vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Bahodir Saʼdullayev bugungi kunda muassasada amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi yangiliklar, 2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha belgilab berilgan strategiya va erishilgan yutuqlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.
Shuningdek, tadbirda intellektual mulklarni himoya qilish, patent va guvohnomalar olish, uning rasmiylashtirilishi haqida maʼlumotlar taqdim etildi
Davra suhbati tarzida oʻtkazilgan seminarda professor – oʻqituvchilar va izlanuvchilar intellektual mulklarni himoya qilishga oid oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.