Yangiliklar

Image

Bitiruvchilar uchun ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida bitiruvchilar bosqich talabalari uchun “Andijon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari ishtirokida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mashgʻulotni bojxona posti inspektori, katta leytenant Shavkatbek Mirzamahmudov olib bordi.

Ochiq dars davomida bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bojxona postlarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishda bojxona xodimlarining mashaqqatli xizmati, yurtimizda tashkil etilgan logistika markazlarida “yagona darcha” tamoyili asosida tadbirkorlarga xizmat koʻrsatilayotgani haqida toʻliq maʼlumot berildi.

Shuningdek, tashqi iqtisodi faoliyat bojxona posti faoliyati, xodimlarga yaratilgan sharoitlar hamda ishga joylashish tartiblari, xodimlarni tanlash, kadrlar zaxirasi va boshqalar haqida tushunchalar berildi.

Mashgʻulot davomida bitiruvchilar masʼullardan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Qidirish