Yangiliklar

Image

Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida Sumalak sayli oʻtkazildi

Fevralning soʻnggi kunlari. Qish fasli ortda qolib, oʻz oʻrnini yasharish va yangilanish fasli bahorga boʻshatib bermoqda.

Bahor fasli kirib kelishi bilan oʻzbek xalqi bahoriy milliy taomlar tayyorlab bir-birlariga ulashishni boshlaydi. Bu bejizga emas. Bu faslda tabiat yangilanadi. Koʻklam chogʻi tabiat inʼom etgan neʼmatlardan tayyorlanadigan bahoriy taomlar inson tanasiga quvvat boʻladi, kuchiga kuch qoʻshib, kayfiyatini koʻtaradi.

Kuni kecha Andijon mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakultetida oʻzbek xalqining eng ulugʻ azaliy udumlaridan biri “Sumalak sayli” oʻtkazildi.

Saylda fakultetning barcha professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Fakultet hovlisi hududiga oʻrnatilgan doshqozonda sumalak qaynatildi. Yigitlar tomonidan osh, qizlar tomonidan Navroʻz dasturxoniga tortiladigan koʻk somsa, koʻk chuchvara, manti kabi taomlarni tayyorlashdi.

Oqshomga qadar oʻtkazilgan Sumalak atrofida talabalar tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qoʻshiqlar, aytishuvlar, laparlar saylga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Qidirish