Yangiliklar

Image

Iqtisodiyot qizlari kitobxonlikda tengsiz

Andijon mashinasozlik institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni oldidan talaba qizlar ishtirokida “Kitobxon talaba” intellektual bellashuvi oʻtkazildi.

Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitobxon yoshlar safini yanada kengaytirish, zukko yoshlarni izlab topish, ularni intellektual oʻyinlarga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan tanlovda har bir fakultetdan jamoalar qatnashdi.

Ishtirokchilar Omina Shenlikoʻgʻlining “Imomning maneken qizi”, Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Malala Yusufzoyning “Men malalaman” asarlari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Tanlov davomida har bir kitobxon asarlar boʻyicha oʻzining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Qizgʻin va murosasiz bahslar, savol-javoblar asosida oʻtgan bellashuvning yakuniy natijalariga koʻra, Iqtisodiyot fakulteti talaba qizlari 1- oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Transport va logistika hamda Elektrotexnika fakultetining talaba qizlari esa ikkinchi va uchinchi oʻrinlarga sazovor boʻldi.

Gʻoliblar bayram arafasida oʻtkaziladigan tantanali marosimda taqdirlanadilar.

 

 

 

Qidirish