Yangiliklar

Image

TALABA-QIZLAR UCHUN MAXSUS SEMINAR-TRENING

Joriy yilning 29-fevral kuni soat 11:20 da Avtomobilsozlik fakulteti anjumanlar zalida Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda Zulfiya tavalludining 109-yilligi munosabati bilan “Orzularingizni dushanbaga qoldirmang” mavzusida seminar-trening oʻtkaziladi.
Treningni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi hamda turli xalqaro grantlar gʻolibi Nigoraxon Rustamova olib boradi.
Iqtidorli qizlarning imkoniyatlarini namoyon qilish, ularning bilim va salohiyatini hayotga keng tatbiq etish borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida oʻtkazilayotgan mazkur treningda barcha fakultetlar qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Bilim va kerakli ko'nikmalarni sohada muvaffaqiyatga erishgan, tajribali insonlardan o'rganing. Ular Sizga og'ir mashaqqatli yo'lni oson qilib ko'rsatmaydilar. Balki uni bosib o'tishingizda zarur bo'ladigan ENG OSON ko'nikmalarni beradilar. 
📌Unutmang seminar faqat bir kun tashkil etiladi.

Qidirish