Yurtimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 2024-yilning Prezidentimiz tomonidan “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”, deb nomlanishi ham ularga berilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning yana bir yorqin namunasidir desak yanglishmagan boʻlamiz.
Bugun Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdialiyev ishtirokida Iqtisodiyot va Avtomobilsozlik fakultetlari talabalari bilan “Rektor va yoshlar” ochiq muloqoti oʻtkazildi. Muloqotning mohiyati yoshlar bilan samimiy suhbatlashish, ular ichki dunyosiga nazar solish, qiziqishlarini oʻrganish, tahlil qilish orqali muammolarini hal qilishdan iborat boʻldi.
Tadbirda institutda yoshlar bilan muloqot qilish, talabalarni qoʻllab-quvvatlash doimiy anʼanaga aylangani qayd etildi. Rektor rahbariyat talabalarning tashabbuslari va takliflarini amalga tatbiq etishga doimo tayyor ekanligini taʼkidlab, barchani talabalarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Uchrashuvida tashabbuskor, faol va iqtidor egalari soʻzga chiqib, institutda yoshlarga oid davlat siyosati boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida fikr bildirishib, oʻzlarini qiynayotgan muammolari va oʻz takliflarini oʻrtaga tashlashdi.