Yangiliklar

Image

Kitobxonlik dueli: Muhiddin va Dilobar finalda

Xabar berayotganimizdek, Andijon mashinasozlik institutida matbuot xizmati, Axborot-resurs markazi, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda Yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti hamkorligida “Birga kitob oʻqiymiz” loyihasi doirasida “Kitobxonlik dueli” oʻtkazilmoqda.

Unda ishtirokchilar oʻzlarining bilim va salohiyatlarini, eslab qolish qobiliyatini sinovdan oʻtkazmoqdalar.

Oʻtgan haftada tanlovning keyingi bosqich oʻyinlari oʻtkazildi. Oʻtgan turlar davomida ishtirokchilar Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Albert Kamyuning “Begona”, Malala Yusufzoyning “Men Malalaman” va Omina Shenlikoʻgʻlining “Imomning maniken qizi”, Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” hamda Oybekning “Bolalik yillarim” asarlari boʻyicha oʻqiganlarini sinovdan oʻtkazdilar. Asarlar boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Hakamlarning yakuniy xulosasiga koʻra Muhiddin Toʻlqinov hamda Dilobar Joʻrayevalar dueldoshlarini ortda qoldirib, soʻnggi final bosqichiga yoʻl olishdi.

Ushbu ikki kitobxon finalda Marsel Brionning “Menkim, Sohibqiron — Jahongir Temur” asari boʻyicha bellashadilar.

Maʼlumot uchun, final dueli 5-mart kuni oʻtkaziladi.

Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi.

Qidirish