Andijon mashinasozlik institutida talaba-qizlarning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini rivojlantirish hamda ragʻbatlantirish “Ayollar biznesiga birinchi qadam” biznes gʻoya, startap loyiha tanlovi oʻtkazildi.
Tanlov avvalida Ilmiy innovatsiyalar boʻyicha prorektor Ulugʻbek Madrahimov mamlakatimizda ilm-fan sohasidagi iqtidorli xotin-qizlarning ilmiy va biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinyotganini taʼkidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlovda olti nafar ishtirokchilar oʻz loyihalarini taqdimot qildilar.
Talaba-qizlar oʻzlarining loyihalarida biznesga yangicha qarashlarini, raqobatbardosh bozorni egallashga boʻlgan ishtiyoqlarini koʻrsatishdi hamda hakamlarning savollariga javob berishdi.
Taqdim etilgan loyihalar hakamlar tomonidan sinchkovlik bilan koʻrib chiqilib, Elektrotexnika fakulteti 3-bosqich talabasi Moxiraxon Mutalipovaning loyihasi yuqori ball toʻplab, gʻolib sifatida tanlab olindi.
“Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar institut tomonidan pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.