Yangiliklar

Image

Oilada sogʻlom turmush madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida Andijon shahar oila va xotin-qizlar hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari bilan hamkorlikda “Oilada sogʻlom turmush madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Muxtaramxon Xaliqova mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda bandligini oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, gender tengligini taʼminlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Andijon shahar adliya boʻlimi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi inspektorlari Zilola Turgʻunova hamda Gʻofirjon Fozilov, Andijon shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi yetakchi mutaxassisi Shahnozaxon Sattarovalar nikohdan oʻtish tartiblari va undan keyingi munosabatlarni mustahkamlash, oilaviy hayotda roʻy beradigan salbiy hodisalarning oldini olish, sogʻlom muhitni shakllantirish, ajrimlarning kelib chiqish sabablari va boshqa mavzuga oid oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Bundan tashqari institut shifokori Xolidaxon Nazirova hamda “Contineo Asia” kompaniyasi xodimlari Nazira Xolmatova va Hilola Nabiyevalar sogʻlom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish kam harakatlilikka qarshi ommaviy kurashish, insonlarning yuksak jismoniy va aqliy ish qobiliyatini muhofaza etish, aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni sport bilan shugʻullanishga jalb qilish tobora dolzarblik kasb etayotgani boʻyicha tibbiy maʼlumot va tavsiyalarini berdilar.

Qidirish