Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti tadqiqotchisi Umarov Abduraximjon Maxammadumar o‘g‘li PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

Andijon mashinasozlik instituti Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi tadqiqotchisi  Umarov Abduraximjon Maxammadumar o‘g‘li texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) boʻyicha “Vagonlarning yeyilgan detallarini (avtotsepka misolida) maxsus qoplamali elektrodlar bilan payvandlab qoplab yeyilishga chidamliligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini munosib himoya qildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” DUK huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli Ilmiy kengashning qaroriga asosan Umarov Abduraximjon Maxammadumar o‘g‘li 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Materiallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari) ixtisosliklari boʻyicha tayyorlagan texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

Institut jamoasi А.Umarovning kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Qidirish