Yangiliklar

Image

Andijon mashinasozlik instituti katta oʻqituvchisi Maxammadjanov Xusanboy Alisher o‘g‘li PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

Andijon mashinasozlik instituti katta oʻqituvchisi Maxammadjanov Xusanboy Alisher o‘g‘li texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) boʻyicha “Tribotexnik xususiyatlarni barqarorlashtirish orqali samarali kompozitsion termoreaktiv polimer materiallari va ular asosida qoplamalarni ishlab chiqish” mavzusidagi” mavzusidagi dissertatsiya ishini munosib himoya qildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Fan va taraqqiyot” DUK huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli Ilmiy kengashning qaroriga asosan Maxammadjanov Xusanboy Alisher o‘g‘li 02.00.07- Kompozitsion, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari) ixtisosligi boʻyicha tayyorlagan "Tribotexnik xususiyatlarni barqarorlashtirish orqali samarali kompozitsion termoreaktiv polimer materiallari va ular asosida qoplamalarni ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

Institut jamoasi X.Maxammadjonovning kelgusi ilmiy va ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Qidirish