Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakultetida huzuridagi “Doktorantlar maktabi”ning yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda mavjud doktorantura ixtisosliklariga qabul qilingan stajyor-tadqiqotchi va doktorantlar ishtirok etdi.
Yigʻilishda institut yoshlar masalalari, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Akmal Ermatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Ulugʻbek Madrahimovlar soʻzga chiqib, qonunchilikdagi taʼlimga oid yangiliklar haqida maʼlumot berdilar. Shuningdek, institut odob-axloq qoidalari, doktorant va tayanch doktorantlarning ilmiy faoliyat samaradorligi muhokamasini oʻtkazdilar.
Bundan tashqari uchrashuvda tadqiqotchilarning ilmiy ish mavzulari, olingan natijalari va kelgusidagi rejalari boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2023-yilgi stipendiati, institut Avtomobilsozlik kafedrasi tayanch doktoranti Oybek Tursunovning “Xorijda tahsil olish va uni moliyalashtirish uchun grantlar yutish: El-yurt umidi stipendiyasi misolida” va Ilmiy boʻlim boshligʻi Otabek Mirzayevning “Ilmiy-tadqiqot mavzularini Oliy attestatsiya komissiya byulletenida eʼlon qilish tartibi” mavzularida taqdimotlari eshitildi.
Yigʻilish qizgʻin munozara va mazmunli savol-javoblarga boy ruhda oʻtdi.