Yangiliklar

Image

"Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish" kafedrasi barcha professor-o'qituvchilari "UZ-AUTO MOTORS" da amaliy stajirovka o'tmoqdalar

🖇O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Andijon mashinasozlik instituti "Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish" kafedrasi barcha professor-o'qituvchilari "UZ-AUTO MOTORS" da amaliy stajirovka o'tmoqdalar. 

Stajirovka rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, reja bo'yicha korxonaning ishlab chiqarish liniyalari hamda bo'limlarida olib borilmoqda. Professor - o'qituvchilarining stajirovka muddati avgust oyining oxiriga qadar davom etadi.

Qidirish