Andijon mashinasozlik instituti Axborot resurs markazida Elektrotexnika fakulteti talabalari ishtirokida “Diniy bagʻrikenglik ota-bobolardan meros boʻlgan milliy qadriyatlar” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Unda Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri I.Sirojiddinova, kafedra assistenti X. Mamadaliyev, katta oʻqituvchi M.Toʻlanov, Islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent A. Gʻulomov, assistent F.Nizomovlarlarning globallashuv jarayonida diniy bagʻrikenglik, dinlararo totuvlik, oʻzaro hamkorlik masalasi rivojlangan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarning tinchligi hamda taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri hisoblanishi qayd etildi.
Shuningdek, bagʻrikenglik tushunchasi, yurtimizdagi turli dinlar ildizlari, tarixi va bugungi kundagi rivojlanishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Dinlararo munosabatlarning mohiyati hamda vazifalari, qonuniy asoslari, tarixiy jihatlari, bu borada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatlar, ularni bartaraf etish choralari toʻgʻrisida muhokamalar olib borildi.
Muloqotlar davomida diniy bagʻrikenglik va tinchlik, bir yurtda totuv yashash haqidagi hayotiy hikoyalar, voqeliklar aytilib chuqur tahlil qilindi.
Talabalar mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Ochiq muloqotlar barcha fakultetlarda tashkil etildi.