Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanish maqsadida Andijon mashinasozlik institutining davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan 500 oʻrinli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Ayni kunda Andijon mashinasozlik institutida 3 ming 571 nafar talaba tahsil oladi. Institutda 3 ta talabalar turar joyi mavjud. Shundan 2 tasi institutga qarashli, bittasi davlat-xususiy sherikchiligi asosida faoliyat koʻrsatadi.
Institutda davlat-xususiy sherikchiligi asosida qurilib foydalanishga topshirilgan turar-joy 500 oʻrinli boʻlib, shundan 400 tasida talabalar yashaydi. Qolgan 100 ta oʻrin esa talabalarni koʻrish uchun kelgan ota-onalarga mehmonxona sifatida foydalanishga moʻljallangan.
Hozirda mazkur talabalar turar joyida 400 nafardan ortiq talaba istiqomat qilmoqda.
Vazir ularning yashash xonalari bilan tanishdi. Sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida har bir xonani sinchkovlik bilan koʻzdan kechirib, navbatchi xodimlar, bino boshliqlari hamda talabalar bilan suhbat davomida qanday muammolar mavjudligini oʻrgandi.
Shuningdek, talabalar turar joylaridagi issiqlik tizimi, suv taʼminoti, bino xavfsizlik nazorati kabi masalalar boʻyicha tanishib chiqilib, mutasaddilarning fikr-mulohazalari tingladi.
Tashrif chogʻida vazir TTJda yashovchi yoshlar bilan samimiy muloqotda boʻlib, ularning fikr-mulohazalari va takliflariga quloq tutdi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining xizmat safari davom etmoqda.