Yangiliklar

Image

Zamonaviy kasblarni egallagan yoshlar qisqa muddatda daromad topishni boshladi

Soʻnggi yillarda yurtimizda yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, faoliyat olib borishi, oʻz gʻoya va “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Bu esa yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti huzurida zamonaviy kasblarni oʻrgatish hamda “Startap” loyihalarni qoʻllab-quvvatlovchi Inkubatsiya markazi tashkil etildi.

Markaz zamonaviy oʻquv xonalari, kompyuterlar va boshqa axborot kommunikatsion texnologiyalar jihozlari bilan taʼminlangan. Talabalarning oʻqib izlanishlari uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilgan.

Oʻtgan yilning dekabr oyida markazda 3d Max, Grafik dizayn (Photoshop), Robototexnika, Sunʼiy intellekt, Kompyuter savodxonligi hamda Mobilografiya yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv kurslari yoʻlga qoʻyildi.

Unda uch oy davomida ellikka yaqin talabalar yetuk mutaxassislardan zamonaviy kasblarning boshlangʻich sir-asrorlarini oʻrgandilar.

Kuni kecha Markazda oʻquv jarayonlarining yakuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Unda tinglovchilar oʻzlari amalga oshirgan loyihalari boʻyicha taqdimotlarini oʻtkazishdi.

  • Tinglovchilarimiz oʻz yoʻnalishlari boʻyicha bilimlarni aʼlo darajada oʻzlashtirib, qisqa muddatlarda zamonaviy kasblarning egalariga aylanishdi desam mubolagʻa boʻlmaydi, — deydi institut axborot texnologiyalari boʻyicha prorektori Murodjon Sherboyev. – Quvonarlisi, grafik dizayn yoʻnalishida tahsil olgan Nodirbek Dolimov, Abdurashid Neʼmatov, Nodirbek Erkinov kabi talabalarimiz daromad topa boshladi.

Tadbir yakunida tinglovchilarga oʻquv kurslarini tamomlaganligini tasdiqlovchi sertifikat hamda ularning ota-onalariga Tashakkurnomalar topshirildi.

Qidirish