Yangiliklar

Image

Buyuk Boburni yod etib

Andijon mashinasozlik instituti Axborot resurs markazida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligiga bagʻishlangan “Buyuk Boburni yod etib” deb nomlangan adabiy-badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy kecha boʻlib oʻtdi.

Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirda institut professor-oʻqituvchilari, boburshunos olimlar, yozuvchilar, talaba yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Adabiyot kechasida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi M.Xaliqova, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri X. Mahsudova, faxriy oʻqituvchisi M.Abduraxmonova, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, boburshunos olim, yozuvchi Durbek Qoʻldoshev, Turon yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Orif Meliyevlar soʻzga chiqdi.

Tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, ular tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirishdagi oʻrni va roli xususida soʻz yuritildi.

Shuningdek, Bobur oʻzining maʼlum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga oʻz hissasini qoʻshgan olim sifatida xalqimiz madaniyati tarixida munosib oʻrin egallagani qayd etildi.

Tadbir davomida Durbek Qoʻldoshev oʻzining “Imperatorning tugʻilishi: tarixiy hikoyalar” asari va uning yozilish jarayoni haqida maʼlumot berdi.

Kecha davomida “Boburni qanchalik bilasiz?» nomli viktorina tashkil etildi. Bundan tashqari Bobur qalamiga mansub gʻazallarga bastalangan Vatan, mehr, muhabbat va sadoqatni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Qidirish