Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakultetida buyuk davlat arbobi, sarkarda, shoir, adib Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligiga bagʻishlangan “Bobur nomi mangu barhayot” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Avtomobilsozlik fakulteti dekani A.Baymirzayev, institut Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi boshligʻi M.Xalikova, Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dotsent I.Sirojiddinova hamda kafedra profesori A.Abdullayevlar soʻzga chiqib buyuk ajdodimiz oʻzining betakror gʻazal va ruboiylari, qolaversa, tarixiy asarlari orqali oʻzbek adabiyotida oʻchmas iz qoldirganini, ajdodlardan qolgan maʼnaviy, milliy adabiy merosning ahamiyati, ushbu merosni nafaqat yurtimizda, balki jahonda keng targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilayotganini qayd etdi.
Iqtidorli, ijodkor talaba yoshlar tomonidan Boburning yuqoridagi kabi goʻzal gʻazal va ruboiylaridan namunalar oʻqilib, Bobur hayoti, ijodiga oid sahna koʻrinishlari namoyish etildi, qoʻshiqlar kuylandi.
Talaba yoshlarning faol ishtiroki bilan oʻtgan tadbir adabiyot, sheʼriyat bayramiga aylandi.
Tadbir davomida institut Axborot resurs markazi tomonida Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan iborat kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.