Yangiliklar

Image

Ichki ishlar tizimi faxriylari bilan uchrashuv oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik institutida “Vatanparvarlik — milliy oʻzlikni anglashning yuksak natijasidir” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.

Unda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida ishlab nafaqaga chiqqan faxriy xodimlari, isteʼfodagi podpolkovniklar Davronbek Yusupov, Orifjon Yuldashev, Omonboy Mamasoliyev, Valijon Boʻtayev, institut profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorovlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlar taʼlim tarbiyasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrliklar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida toʻxtaldilar. Shuningdek, voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ekstremizm, terrorizm va giyohvandlik kabi illatlar domiga tushib qolmaslik uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi haqida yoshlarga oʻz oʻgitlarini berdi. Oʻz tajribasidan kelib chiqib, mavzuga oid hayotiy misollar va ibratli voqealarni keltirdi.

Bundan tashqari yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusining barq urishida taʼlim va tarbiyaning uzviyligi muhim oʻrin tutishini taʼkidladilar. Bunda, oila, maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab va oliy oʻquv yurtlari faoliyatida uzviylik tamoyilining tatbiq etilishi vatanparvarlik tuygʻusining yanada takomillashuviga olib kelishini qayd etdilar.

Uchrashuv gʻoyat sermazmun, taassurotlarga boy oʻtdi. Tadbirda talabalar ham soʻz olib, ushbu uchrashuvdan ulkan maʼnaviy ozuqa olganini kelajakda kabi el-yurtga halol va fidoyilik bilan xizmat qiladigan inson boʻlib yetishishga intilishlarini aytishdi.

Qidirish