Yangiliklar

Image

Institut talabalar turar-joyida “Mazali salat” tanlovi oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti 1-son talabalar turar joyida “Mazali salat” pazandalik tanlovi oʻtkazildi.

Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda ularning iqtidorini namoyon qilish maqsadida oʻtkazilgan tanlovda ishtirokchilar mazali salat tayyorlash sirlarini egallagan talaba qizlar ishtirok etdi.

Tanlovda quyidagi talaba-qizlar R.Asqaraliyeva (Avtomobilsozlik), M.Mutalipova (Elektrotexnika), N.Toʻxtasinova (Iqtisodiyot), F.Qahhorova (Transport va logistika), T.Suronboyeva (Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari) hamda S.Zokirova(Mashinasozlik texnologiyasi)lar turli hududlarga xos, mazali va chiroyli bezatilgan salat tayyorlash mahoratini namoyish etdi.

Hakamlar hayʼati fakultetlar vakillari taqdim etgan taomlarni munosib baholab bordi.

Har bir nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Gʻoliblar 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida oʻtkaziladigan tadbirda taqdirlanadilar.

Qidirish