Yangiliklar

Image

Institutimiz professor-o‘qituvchilari xalqaro seminarda ishtirok etdilar

Qirg‘iziston Respublikasining Oʻsh texnologiyalar universitetida “Tadqiqot jarayonini axborot taʼminoti: Scopus, RINC, eLIBRARY.RU, impakt faktor, Xirsh indeksi va uning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida xalqaro uslubiy seminar oʻtkazildi.

Unda Andijon mashinasozlik instituti, Oʻsh texnologiyalar universiteti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Seminarda Oʻsh texnologiyalar universiteti fan boʻlimi mudiri Gulbarchin Isroilova, Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri Aynura Xamzayeva, dotsent Asanbek Akmataliyev va Andijon mashinasozlik instituti axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Saidaxon Atadjonovalar soʻzga chiqishib, uslubiy taqdimotlarini oʻtkazishdi.

Tadbirda taqriz qilinayotgan adabiyotlar: ilmiy jurnallar, kitoblar, va konferensiya materiallarida berilgan havolalar haqidagi qisqacha tavsif va maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan eng yirik maʼlumotlar bazasi hisoblangan Scopus va boshqa shu kabi platformalardan foydalanish, unga maqolalarni joylashtirish boʻyicha koʻnikmalar berildi. Shuningdek, ilmiy jurnallarda  maqola yozish tartibi boʻyicha qimmatli maʼlumot berildi. Bundan tashqari mutaxassis professor-oʻqituvchilarga yozilgan maqolaga  mos boʻlgan xalqaro jurnallarni tanlash, maqolalar yozish bosqichi, adabiyotlarni koʻrib chiqish hamda yozish uslubini yaxshilash kabi masalalarning yechimi borasida maʼruzalar qilindi.

Qayd etish lozim, Scopus ilm-fan, texnika, tibbiyot, sotsiologiya, sanʼat va gumanitar fanlarning turli sohalarida dunyo tadqiqot natijalari haqida keng qamrovli maʼlumotlar berib, tadqiqotlarni kuzatish, tahlil qilish va vizuallashtirish uchun intellektual vositalarni taklif etadi.

Qidirish