Yangiliklar

Image

Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi

Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarini oʻqigan kishi borki, hayot va unda yashamoq mazmunini-maʼnosini chuqur anglaydi. Ilm-fan, sanʼat insoniyat hayotida muhim mayoqligini, shirinsoʻzlik tinchlik va totuvlik kaliti ekanini tushunadi.


Shu sabab ham Navoiy qoldirgan maʼnaviy meros nafaqat xalqimizning, balki butun insoniyatning maʼnaviy mulkiga aylangan. Chunki, hazratning insonparvarlik gʻoyalari millatidan, jinsidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar besh asrdan ziyod umum-insoniyatning manfaatiga xizmat qilmoqda.
Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakultetida oʻtkazilgan “Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” nomli badiiy kechada ham ayni shu jihatlar tilga olindi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Navoiy ijodining markazida inson turishi, allomaning nazaridagi inson ijodkor, qobiliyatli, bilimli, sabr-qanoatli, rostgoʻy adolatli, halol, insofli mehnatsevar va kamtarlik kabi insoniy fazilatlarga ega boʻlgan shaxs ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, Navoiy ijodining betakror jihatlari, ulugʻ mutafakkirning yuksak insoniy fazilatlari xususida qiziqarli maʼlumotlar berildi.

Kechada institut ijodkor talabalarining sahna koʻrinishlari, Navoiyning oʻqilgan gʻazal-u ruboiylari kechaga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Qidirish