Andijon mashinasozlik instituti Avtomobilsozlik fakultetida gʻazal mulkining sultoni va buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligiga bagʻishlangan “Navoiy siymosi mangu barhayot“ maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda institut birinchi prorektori Akmaljon Ermatov, fakultet dekani Akbarjon Boymirzayev hamda Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Muhiddin Nazarovlar soʻzga chiqib, Navoiyning hayoti va ijod yoʻliga qisqacha toʻxtalib, uning turkiy til mavqeyini koʻtarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini jahonga koʻrsatish borasidagi ezgu fazilatlari xususida ham yigʻilganlarga eslatib oʻtishdi.
Shuningdek, Navoiy ijodini oʻrganish, uning insonparvarlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan asarlari mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga chuqur singdirish, shu orqali ularning qalbida adabiyotga qiziqish, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlandi.
Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan Navoiy gʻazallaridan baytlar, shuningdek, Navoiy obrazi gavdalantirilgan betakror sahna chiqishlari ishtirokchilar qalbida iliq taassurotlar uygʻotdi.