Andijon mashinasozlik instituti Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti katta oʻqituvchisi, texnika fanlari falsafa doktori Bahrom Hamdamov hamda tayanch doktorantlari Islomiy Normatov Halilillo Abduvohidovlar Hindiston Respublikasi hukumati tomonidan oʻtkazilgan “ITEC International Training Programme on “Competence of Laboratories & their management systems” (ITEC xalqaro oʻquv dasturi “Laboratoriyalar kompetentligi va ularning boshqaruv tizimlari) kursi uchun tanlovda gʻolib boʻlib, ayni paytda ushbu mamlakatda stajirovka oʻtamoqda.
Institutimiz vakillari dunyoning oʻn yetti mamlakatidan saralab olingan 35 nafar ishtirokchilar qatorida “Noida Standartlashtirish Byurosi” ilmiy tadqiqot institutida tashkil etilgan oʻquv kursida malaka oshirmoqdalar.
Maʼlumot uchun, Hindistonning texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi — Indian Technical and Economic Cooperation Programme (ITEC) tomonidan boshqariladigan ikki tomonlama yordam dasturi hisoblanadi. Dastur innovatsion texnologik hamkorlik orqali rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan talabga asoslangan. Dastur Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi 158 mamlakatni hamda Tinch okeani va Karib havzasidagi bir qancha davlatlarni qamrab oladi.