Yangiliklar

Image

Qanday qilib xorijda taʼlim olish va uni moliyalashtirish uchun grantlar yutish mumkin?

Andijon mashinasozlik institutida “Xorijda taʼlim olish va uni moliyalashtirish uchun grantlar yutish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2023-yilgi stipendiati, institut Avtomobilsozlik kafedrasi doktoranti Oybek Tursunov olib bordi.

Seminarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati, tanlov oʻtkazish tartiblari, shuningdek, xorijiy oliygohlarga qabul jarayonlari va Jamgʻarma stipendiati boʻlish uchun nimalar qilish lozimligi hamda Stipendiatlarga qanday imkoniyatlar taqdim etilishi yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Seminar soʻngida talabalarning ushbu mavzularga doir barcha savollariga javob berildi.

Qidirish