Yangiliklar

Image

Avtomobilsozlik fakulteti dekani tayinlandi

#Tayinlov

Andijon mashinasozlik instituti rektorining 1-fevraldagi buyrugʻi bilan Baymirzayev Akbarjon Rustamjon oʻgʻli Avtomobilsozlik fakulteti dekani etib tayinlandi.

U shu kunga qadar institutning tadqiqot ishlari boʻyicha rektor assistenti lavozimida ishlab kelayotgan edi.

A. Baymirzayev 1990-yilda Andijon shahrida tugʻilgan. 2013-yilda Andijon mashinasozlik instituti bakalavr hamda 2015-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Texnika fanlari falsafa doktori (PhD).

Ish faoliyatini Andijon mashinasozlik instituti materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi kafedrasi assistentligidan boshlagan.

Turli yillarda doktorant, Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, kafedra dotsenti hamda Iqtisodiyot fakulteti dekan oʻrinbosari vazifalarida ishlagan.

Andijon mashinasozlik instituti jamoasi Akbarjon Baymirzayevni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va zafarlar tilaydi!

Qidirish