Yangiliklar

Image

“Shashlik day” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

🍡Andijon mashinasozlik institutida talabalar orasidan eng zoʻr oshpazlarni aniqlash, xilma-xil mazali kaboblarni pishirish koʻnikmalarini oshirish maqsadida ““Shashlik day” tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovga barcha fakultetlardan shashlik tayyorlashning hadisini olgan talabalar taklif etildi. 

🏛Ushbu tanlovda oʻzbek tansiq taomlari qatoriga kiritilgan bir-biridan mazali kaboblar oʻziga xos uslublarda tayyorlandi. 

🥩 Hakamlar hayʼati fakultetlar vakillari taqdim etgan turli-tuman shashlik namunalarini munosib baholab bordilar.

Qayd etish lozim, Iqtisodiyot fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan kaboblar eng yaxshi sifatida eʼtirof etildi.

Qidirish