Yangiliklar

Image

Huquqiy axborot kuni oʻtkazildi

Andijon mashinasozlik instituti axborot-resurs markazida viloyat adliya boshqarmasi, yuridik texnikum hamda Andijon tumanlararo maʼmuriy sudi hamkorligida “Huquqiy axborot kuni” oʻtkazildi. 

Unda institutning rahbar-xodimlari, boʻlim boshliqlari, fakultet dekan oʻrinbosarlar, professor-oʻqituvchilar hamda ish yurituvchilar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida Andijon viloyati yuridik texnikumi direktori oʻrinbosari Zafarbek Qodirov, Andijon tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi Hikmat Davlatov, institut profilaktika inspektori Izzatillo Qahhorov, Xotin qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Muhtaramxon Xaliqova hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Valijon Turdiyevlar maʼruza qildilar.

Tadbir davomida 2023-yil 18-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”, 25-dekabrdagi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidentning “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning soʻrovi va murojaatlariga koʻra davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ular faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi tushuntirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar javob olishdi.

Qidirish