Soʻnggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishga eʼtibor tobora kuchaymoqda. Barcha joylarda boʻlgani kabi Andijon mashinasozlik institutida ham xotin-qizlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Institut hududida sport inshootlari jihozlanib, oʻyingohlar bunyod etilib, foydalanishga topshirilmoqda. Shuningdek, ayol oʻqituvchilari va talaba qizlar ishtirokida turli musobaqalar va bellashuvlar muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.
Kuni kecha xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi tashabbusi bilan talabalar turar-joyida istiqomat qilayotgan qizlar ishtirokida sport-sogʻlomlashtirish tadbiri oʻtkazildi.
Unda ertalabki ommaviy badantarbiya mashqlari hamda sportning voleybol turlari, yugurish boʻyicha mashgʻulotlar amalga oshirildi.
Ishtirokchilar mashqlar davomida sport zal hamda oʻyingoh maydoni boʻylab yugurib, turli xil badantarbiya mashqlarini bajarishdi.
Mashgʻulotlardan keyin barcha ishtirokchilar jismonan tetiklikni his qildilar.