Andijon mashinasozlik institutida sportning Kamondan oʻq otish turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Talaba sport klubi tomonidan Talabalarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil oʻtkazish, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini taʼminlash va iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida “Mard oʻgʻlon” tadbiri doirasida tashkil etilgan musobaqada oʻndan ortiq kamonchilar ishtirok etdi.
Qizgʻin kurashlarga boy tarzda oʻtgan musobaqa yakunida Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Hamidillo Akbarov dastlab 27, final bahsida esa 30 ochko bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Davronbek Habibullayev hamda shu fakultetning 2-bosqich talabasi Ziyodullo Ubaydullayevlar mos ravishda ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallashdi.